Ayni soatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, Xorazm viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar, jami 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.
Endilikda Qoraqalpog‘istonda to‘liq sog‘ayganlar 110 nafar, Xorazmda 210 nafar, Buxoroda esa 433 nafarga yetdi.
Shunday qilib, bugun 36 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2076 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2596 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 509 nafar bemor davolanmoqda.