Germaniya ichki ishlar vazirligi mamlakat o‘z chegaralarini 15-iyundan ochishini ma’lum qildi. Bu haqda “DW” xabar berdi.

Foto: Google

Xabarda chegaradagi cheklovlar 16-maydan yumshatila boshlanishi aytiladi. Xususan, xuddi shu sanadan boshlab Lyuksemburg va Daniya bilan chegaradagi cheklovlar olinishi kutilyapti.

Avstriya va Germaniya umumiy chegarani 15-iyundan ochishi haqida ilgari xabarlar paydo bo‘lgandi. Ammo kanslerlar Angela Merkel va Sebastyan Kurs o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq 15-maydan, cheklangan bo‘lsa-da, chegaradan o‘tkazish boshlanadi.

Germaniyada karantin cheklovlari, yumshatilgan tartibda, 5 iyungacha davom etadi.