Andijon viloyatiga Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 850 dona tarkibida 9 xil birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan ko‘mak qutilari xayriya yordami sifatida taqdim etildi.

Foto: O’zA

Keltirilgan insonparvarlik karvoni Andijon viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi omborxonaga joylashtirildi. Ushbu yordam kutilari yordamga muhtoj oilalarga yetkazib beriladi, deyiladi “O’zA” xabarida.

Foto: O’zA