Afrika janubidagi Lesotoda koronavirus bilan bogʻliq birinchi holat aniqlandi. Bu haqda “RIA Novosti” mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼluotiga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Foto: RIA Novosti

Maʼlum qilinishicha, 9-may kuni Janubiy Afrika Respublikasi va Saudiya Arabistonidan mamlakatga kelgan 81 kishi koronavirusga test topshirgan. 12-may kuni olingan test natijalariga koʻra ulardan birining testi musbat chiqqan.

Bemor Yaqin Sharqdan ekanligi va unda kasallikning hech qanday alomati yoʻqligi aytilmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Afrika mamlakatlarida koronavirus yuqtirib olganlar soni 69,126 nafarga yetgan. Shundan 2386 nafari vafot etgan.