Polsha Senati vitse-spikeri Stanislav Karjevskiy shifokor bo‘lib ishlash uchun iste’foga chiqdi, deb yozmoqda “Gazeta RU” nashri.

Foto: Gazeta

Qayd etilishicha, Karchevskiy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lib, vitse-spiker bo‘lgunga qadar jarroh bo‘lib ishlagan.

O‘z bayonotida u, shuningdek, muxolifat partiya senatori Tomas Grodzk bilan bo‘lgan nizo ham ishdan bo‘shashiga sabab bo‘lganini qayd etgan.

“Mojaroni chuqurlashtirmaslik uchun men vitse-spiker lavozimidan voz kechishga qaror qildim”, – deydi Karchevskiy.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Polshada 17,062 kishi koronavirus bilan kasallangan, 847 bemor vafot etgan, 6410 kishi sog‘aygan.