Islandiya 15-iyundan boshlab xalqaro aviaparvozlarni tiklaydi, yo‘lovchilar COVID-19’ga test tekshiruvi yoki 14 kunlik karantinda bo‘lish kabi shartlardan birini tanlashi kerak bo‘ladi

Foto: Travel-or-die

Hukumat tomonidan ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra, barcha kelganlar mamlakatda bo‘lgan vaqtida kuzatuvda bo‘lishi uchun rasmiy ilovalardan foydalanishi lozim.

“Islandiyaning keng ko‘lamli sinov, izlanish va izolyatsiyalash strategiyasi hozirgi kungacha samarali davom etmoqda”, deydi Turizm vaziri Tordis Kolbrun.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Islandiyada 1801 kishi koronavirus yuqtirib olgan, 10 nafar bemor vafot etgan, 1776 kishi davolangan.