13-may holatiga ko’ra, Tojikistonda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning umumiy soni 801 kishiga yetdi. Bu haqda respublika Sog’liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: Aziya-Plyus

Mamlakatda kun davomida COVID-19 bilan kasallanganlar soni 72 kishiga ko’paydi. COVID-19 tufayli o’lim to’g’risidagi ma’lumotlar esa kechadan beri o’zgarishsiz qoldi – 23 kishi.

Jumladan, bugun Dushanbedagi shifoxonalardan birida 85 yoshida Tojikistonning taniqli tilshunosi, filologiya fanlari doktori, professor Bahriddin Kamoliddinov koronavirusdan vafot etgan va 12-may arafasida uning 52 yoshli qizi ham ushbu kasallikdan vafot etgan, deyiladi “Aziya-Plyus” nashri xabarida.

Mamlakatda 30-aprel kuni birinchi infeksiya 15 kishida qayd etilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 4 milliondan ortiq odam ushbu infeksiyani yuqtirib olgan, 280 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan