Professional boksning og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni 53 yoshli Mayk Tayson mashg‘ulot jarayonidan olingan videoni muxlislariga taqdim qildi. Mayk video so‘ngida “Men qaytdim!” deya ta’kidlagan.

Foto: Skrinshot

15 yil oldin so‘nggi marta professional ringda kurashgan “Temir Mayk” oxirgi haftalarda mashg‘ulotlarini kuchaytirmoqda.

SunSport nashrining ma’lum qilishicha, Tayson faqat halol jang qiladigan raqib bilan ringga chiqadi, chunki u o‘zi sevadigan sport turiga hurmatsizlik qilishni istamaydi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 53 yoshli sobiq bokschi ringga qaytishi va bir nechta ko‘rgazmali jangda ishtirok etishi xabar qilingan edi.