2020-yil 13-may soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2596 (+28) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Dunyo

Bugun kun davomida qayd etilgan 49 nafar yangidan kasallanish holatlarining 22 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 27 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil qilmoqda. Qolgan barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, hozirgi vaqtga kelib yurtimizda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni 2055 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan edi.