Facebook 2020-yil aprel oyida koronavirus haqida 50 millionta soxta xabarlarni aniqladi. Bu haqda kompaniyaning hisobotida aytiladi. Noto‘g‘ri ma’lumotlarga ega bo‘lgan xabarlar tegishli ravishda belgilangan.

Foto: Google

Kompaniya ta’kidlashicha, 95 % holatlarda soxta deb topilgan postlar oddiy kontent sifatida ko‘rinmaydi. 

Shuningdek, Facebook va Instagram’ning ikki milliarddan ortiq foydalanuvchisi JSST va boshqa sog‘liqni saqlash idoralari manbalariga yo‘naltirilgan.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq “yuz minglab postlarni” o‘chirib tashlagan.