Muallif Fotima Badaviyning maqolasida aytilishicha, 1 million 951 ming o‘zbek askari va zobitlari fashistlarga qarshi kechgan qonli janglarda qahramonlik ko‘rsatgan, ulardan 538 ming nafari urush maydonlarida halok bo‘lgan va 158 mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan.

Foto: Dunyo

“Urush yillarida O‘zbekistonga harbiy harakatlar olib borilayotgan hududlardan 1,5 million kishi, shu jumladan 250 ming bola evakuasiya qilindi. O‘zbek xalqi ularni mehr va g‘amxo‘rlik bilan qarindoshlaridek qabul qildi”, – deyiladi maqolada.

Muallifning ta’kidlashicha, O‘zbekiston rahbariyati insonlarni hushyorlikka, mustaqillikni, davlat qudratini va Qurolli Kuchlar salohiyatini mustahkamlashga chorlab keladi.

“Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoev tinchlik, xavfsizlikni saqlash, do‘stlikni mustahkamlash, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhimligini yana bir bor ta’kidladi”, – deya keltiradi muallif.

Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘i ochilgani, u o‘zbek xalqining jasur o‘g‘lonlari xotirasiga ko‘rsatilgan hurmat ramzi ekani qayd etiladi.