Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

11-may kuni 30 yoshli A.A., (ayol) Samarqand viloyati Paxtachi tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2020-yil 9-may kuni soat 20:30 da bir o‘zi Navro‘z ko‘chasi bo‘ylab uyiga piyoda ketayotgan vaqtida, noma’lum shaxs orqa tomonidan kelib, unga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, yengil tan jarohati yetkazib, qo‘lida bo‘lgan narxi 1,000 000 so‘mlik “Samsung J-2” rusumli uyali aloqa vositasini tortib olib qochib ketganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, ushbu jinoyatni 26 yoshli Sh.B., sodir etganligi aniqlanib, undan A.A, ga tegishli bo‘lgan “Samsung J-2” rusumli qo‘l telefoni tegishli tartibda ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sh.B., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan, deyiladi Tergov departamenti axborot xizmati xabarida.