Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko’ra, 1963-yilda tug‘ilgan, Xatirchi tumani “Yangi qurilish” MFYda istiqomat qilib, tumandagi maktablarning birida o‘qituvchi sifatida faoliyat yurituvchi A.K. Xatirchi tumani IIBga ariza orqali murojaat etgan.

Foto: Google

Ariza yuzasidan Navoiy viloyati IIB JQB, Departamentning tuman bo‘limi hamda DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, 1964-yilda tug‘ilgan, Xatirchi tumani “Navro‘z” MFYda yashab, tumandagi maktablarning birida direktor lavozimida ishlovchi O.U. xizmat mavqeidan foydalib, A.K.ning turmush o‘rtog‘i A.F.ni o‘zi faoliyat olib borayotgan maktabda kadr-menejment vazifasiga ishga joylashtirishni va’da berib, evaziga undan 1,200 000 so‘m pul mablag‘ini talab qilgan. O.U. o‘zining ishxonasida, haqiqatan, A.K.dan 1,200 000 so‘m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan O.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.