Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Bu esa ayrim mamlakatlarda siyosiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkin, dedi Yevropa Ittifoqi vakili Jozep Borrel’ “Interfax” agentligiga.

Foto: Google

Uning ta’kidlashicha, bunday davlatlarda migrantlarni qabul qilish sezilarli darajada qisqaradi, chunki qabul qiluvchi mamlakatlarning ham iqtisodiy faolligi pasaygan. Neft’ narxi tushib ketishi bois daromadning pasayishi rivojlanayotgan mamlakatlarda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. “Gap faqat neft haqida emas, balki umuman tabiiy resurslar haqida bormoqda. Yana turizm ham katta zarar ko‘radi”, – deydi Borrel.

Diplomatning ta’kidlashicha, rivojlanayotgan mamlakatlarni moliyalashtirish manbalari ham qisqaradi. “Bularning barchasi, shubhasiz, dastlab iqtisodiy, keyin siyosiy muammolarni keltirib chiqaradi”, – dedi u.

Borrelning fikricha, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining barchasi ushbu muammo bilan to‘qnash keladi.

Avvalroq Jahon bankining taraqqiyot va sheriklik bo‘yicha boshqaruv direktori Mari Pangestu qashshoq mamlakatlar pandemiya tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolishini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, pandemiya sharoitida oziq-ovqat tanqisligi ro‘y berishi mumkin, qolaversa, import qilish imkoniyati ham kamayadi.