“O‘zbekneftgaz” AJ “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘yganligi haqida avval xabar berilgan edi.

Foto: Google

2020-yilning 26-mart kunidan e’tiboran Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgandi. 29-apreldan esa bu mahsulotning narxi 5500 so‘m deb belgilan edi.

15-may kunidan boshlab Ai-92 markazi benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashtirildi va 5000 so‘m qilib belgilandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ai-80 markali benzin narxi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 4000 so‘mdan sotilmoqda.