Tergov departamenti xabarida ko’ra, joriy yilning 9-may kuni Narpay tuman IIBga 22 yoshli J.А., ariza bilan murojaat qilib, oʼz arizasida 2020-yil 7-may kunidan 8-may kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxslar Narpay tumani “Muqumiy” mahallasida joylashgan xususiy korxonaning yer maydonidagi qoʼyxonaga gʼayriqonuniy ravishda kirishib, u yerda boʼlgan 40 bosh umumiy narxi 60 000 000 million soʼmlik qoʼy-qoʼzilarini oʼgʼirlab ketganliklarini bildirgan.

Foto: Tergov departamenti

Holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 39 yoshli X.J., sodir etilganligi aniqlanib, undan J.А., ga tegishli 28 bosh qoʼy-qoʼzilar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan. Jinoyat ishi boʼyicha X.J., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.