Bugun AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Foto: O’zA

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Uzoq muddatdan beri davolanayotgan bemorlar ham bormi? 15 kundan ortiq davolanganlar soni qancha?

Javob: Hozirgi kunda statsionarlarimizdagi 474 bemordan 71 tasi — 15 kundan ko‘proq vaqt davomida COVID-19 dan davolanmoqda:

  • ularning bir qismi — og‘ir ahvolda klinikaga kelib, bosqichma-bosqich o‘ta og‘ir, og‘ir, yengil darajalarini o‘tib, bugungi kunda tuzalayotgan bemorlar bo‘lsa,
  • ikkinchi qismi — ahvoli yengil, ammo laborator tahlillari toza chiqishini kutayotgan bemorlar ham bor.