Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan, 2020-yil 8 — 12-may kunlari Dubay, Minsk, Seul, Dehli, Frankfurt va Moskva shaharlaridan 1243 nafar vatandoshlarimiz charter reyslari bilan Vatanga qaytarildi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Foto: Sputnik

Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtab-kvartirasi maʼlumotlariga koʻra, 13-may kuni, taxminan soat 19:00 charter layneri Istanbuldan kelishi kutilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish bo’yicha ish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.