Facebook kompaniyasi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Instagram sahifasini blokladi.

Foto: Google

Facebook Amerika kompaniyasi bo‘lgan holda, AQShning sanksiyalari to‘g‘risidagi qonunchilik doirasida ishlaydi.

“Bunday holda, biz sanksiyalar ostida bo‘lgan shaxsning hisoblarini bloklaymiz”, – deydi Facebook vakili.

Ilgari ham, 2017 va 2018 yillarda ijtimoiy tarmoq Qodirovning sahifasini bloklagan edi. Shuningdek, 2017-yilda chechenlar rahbarining Facebook sahifasi ham bloklangan edi.