Avvalroq, Buxoroda traktor tirkamasi dala yo‘lida zovurga ag‘darilib ketib, fojea oqibatida ikki ayol vafot etgani xabar berilgan edi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

IIV YHXBB Axborot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, shifoxonaga yotqizilgan ayol muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati bergan xabarida.