AQSh Senati COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi. “The Hill” nashrining ma’lum qilishicha, loyiha o‘z ichiga quyidagi sanksiyalarni oladi.

Foto: Sputnik
  • 60 kun ichida Xitoy AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan koronavirus bo‘yicha olib borilayotgan har qanday tadqiqot uchun barcha hisobotlarni taqdim qilishi shart;
  • Xitoy virus o‘chog‘i bo‘lgan barcha dengiz mahsulotlari bozorlarini yopishi shart;
  • XXR hukumati epidemiyadan so‘ng Gonkongda qo‘lga olingan norozilik namoyishlari faollarini qo‘yib yuborishi shart.

Agar Xitoy mazkur talablarni bajarmasa, nima bo‘ladi?

  • Xitoy aktivlari muzlatib qo‘yiladi;
  • AQShga ma’lum toifadagi xitoylik fuqarolarning kirishi taqiqlanadi;
  • vizalar bekor qilinadi;
  • Amerika moliya institutlarining xitoy kompaniyalarini sug‘urtalashi va ularga kreditlar berishi taqiqlanadi;
  • Xitoy kompaniyalariga o‘z qimmatbaho qog‘ozlarini Amerika birjalariga joylashtirishi man qilinadi.