Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyalari tomonidan Sherzod Qudbiyevning nomzodi Davlat soliq qo‘mitasi raisligiga maqullandi.

Sherzod Qudbiyev

Eslatib o‘tamiz, Sherzod Kudbiyev hozirda Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, parlament tomonidan ma’qullangan hukumat a’zosi nomzodi O‘zbekiston prezidenti tomonidan tayinlanadi.