Qozog‘istonning ba’zi hududlarida daryolarda suv sathi ko‘tarilishi mumkin, deb xabar berdi “Kazinform” “Qazgidromet” RDK matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: Kazinform

“12-15 may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu sababli, Turkiston, Jambil, Olmaota viloyatlari va Olmaota shahrining tog‘li hududlarida va tog‘ yonbag‘irlaridan oqib o‘tadigan daryolarda suv sathi ko‘tariladi”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq, Sirdaryoda suv sathi ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi.