Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko’ra, Dushanov Yashin Ravshanovich Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Google

Yashin Dushanov 1979-yil Navbahor tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Y. Dushanov bugunga qadar bir qator davlat organlarida, jumladan, Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligida mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan. Shuningdek 2013-2016 yillarda Davlat raqobat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, 2016-yildan buyon esa Navoiy viloyat hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri lavozimida ishlagan.