Rossiyada deputatlarni ikki marotabaga qisqartirish ham mablag‘ni tejaydi, ham mahalliy parlamentlarda ijtimoiy masofani ta’minlaydi. Rossiya liberal demokratik partiyasi lideri Vladimir Jirinovskiy shunday fikrni o‘rtaga tashladi.

Davlat dumasi deputatining ta’kidlashicha, parlament saylovlari ham ikki-uch yilda bir marta o‘tkazilishi kerak.

Bundan avval ham rossiyalik siyosatchi bosh vazir Mixail Mishustinga shunday taklifni bildirgan edi. U ushbu taklifini majlislar zalida deputatlar orasidagi masofa ikki metrdan kam bo‘lmasligi kerak, deb izohlagan edi. Jirinovskiyning ta’kidlashicha, shunday qilsa “mamlakatda hech narsa o‘zgarib qolmaydi, aksincha yaxshi bo‘ladi”.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 232 ming kishi koronavirusga chalingan, ikki mingdan ortiq kishi vafot etgan.