Foto: Human.uz

Parijdagi Sharl de Goll aeroportidan uchgan samolyot Uxanga 17 tonna miqdordagi insonparvarlik yordami — tibbiy himoya kostyumlari, niqoblar, qo‘lqoplar va dizenfeksiyalash vositalarini olib kelgan.

Shuningdek, havo layneri Fransiyaga Xitoydan o‘z mamlakatiga qaytish istagida bo‘lgan Yevropa va Fransiya fuqarolarini ham o‘zi bilan olib qaytadi.

“Fransiya Xitoydagi Yevropa Ittifoqining qaytishni istagan fuqarolarini o‘z uyiga yetib olishini ta’minlaydi va g‘amxo‘rlik qiladi”, — deyiladi Fransiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Shuningdek, avval evakuatsiya qilingan fuqarolar singari olib kelinganlarning barchasi 14 kunlik karantinda saqlanadi.