Hozirda Sirdaryo daryosining To‘raqo‘rg‘on tumani Gulqishloq hududida joylashgan kuzatuv gidrologik postida 182 m³/s miqdorda suv oqib o‘tmoqda. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Google

Chust tumanidan oqib o‘tuvchi G‘ovasoy soyi hamda Pop tumanidan oqib o‘tuvchi Chodaksoy soylarida suv sathi ko‘tarilgan.

G‘ovasoyda 27 m³/s atrofida, Chodaksoyda 22 m³/s atrofida suv oqib o‘tmoqda.

Bunga kecha joylarda havo haroratining nisbatan ko‘tarilib ketishi omili asos sifatida qaralmoqda.