Joriy yilning 12-may kuni soat 13:10 larda Buxoro viloyati, Romitan tumani, Qumrabot MFY, Saroy qishlog‘ida 1975 y.t. O.I. “MTZ-80” rusumli traktori bilan “Normurod Niyoz” fermer xo‘jaligi dala hududida, transport vositalari harakati uchun mo‘ljallanmagan cho‘l hududidan harakatlanib ketayotgan vaqtda, yomg‘ir yog‘ib, hudud loy bo‘lganligi sababli, traktor tirkamasi sirpanib, zovurga ag‘darilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada, tirkama ustida bo‘lgan fuqarolar 1987 y.t. Sh.P. (ayol), 1986 y.t. O.I. (ayol)lar voqea joyida vafot etishib, 1982 y.t. F.J. (ayol) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati bergan xabarida.