Yuz yil oldin, ispan grippi (1918—1920-yillar) pandemiyasi chog‘i, ijtimoiy masofa saqlash ham o‘limlar sonini kamaytira olmagan, chunki karantin uzoq davom etmagandi. Bu haqda “Bloomberg” yozyapti.

Foto: Google

Insonlar hayotini saqlab qolish uchun karantin 12 hafta davom etishi kerak.

Garvard universiteti iqtisodchisi Robert Barroning fikricha, “ispanka” (ispan grippi) epidemiyasi chog‘i AQShdagi maktablar yopilib, ommaviy tadbirlar o‘tkazilmagani, karantin, izolyasiyalash va hokazo choralar ko‘plab insonlar hayotini saqlab qola olmaganiga sabab ularning atigi bir oy davom etgani bo‘lgan.

2020-yilda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi uchun saboq shundan iborat bo‘lishi kerakki, virusga qarshi tibbiy vositalarsiz kurashish uchun bir necha haftaning o‘zi kamlik qiladi, 4-6 haftadan 12 hafta ma’qulroq, deydi Barro.

Ammo Barro uzoq davom etuvchi karantin oqibatida yetadigan iqtisodiy zararni hisobga olmadi.

YaIMning har qanday pasayishi insonlar hayotini saqlab qolishning iqtisodiy ahamiyatiga solishtirilishi lozim. Bitta umrni 10 mln. dollarga baholagan Barroning nazarida, hatto 12 haftalik karantinda ham keladigan foyda zarardan yuqori bo‘ladi.