Muborak tumani IIBga joriy yil 12-may kuni tushgan xabarga ko‘ra, Muborak tumani “Tong” MFYda yashovchi Sh.K 2020-yil 13-apreldan 14-aprelga o‘tar kechasi o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, Muborak tumani “Tong” MFYda yashovchi Sh.Sh, Muborak tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi I.S va Muborak tumani “Tong” MFY.da yashovchi N.S. lari bilan bir guruh bo’lishadi.

Foto: Sputnik

Ular Muborak tuman “Konchilar” MFYda joylashgan 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika xonasidan 4 dona “Acer” rusumli sistema bloki (prosessor)larni va 5 dona “LCD Acer G206HlBb” rusumli monitorlarni, jami 9 558 300 so‘m miqdoridagi mol-mulklarni yashirin ravishda talon toroj qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Muborak tumani IIB TB tomonidan K.Sh, Sh.Sh, S.I va S.Nga nisbatan O‘z.R.JKning 169-m 2-q “v, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.