FVV axborot xizmati xabariga ko’ra, joriy yilning 13-may kuni taxminan soat 02:30 dan 04:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yog‘ingarchilik sababli sel kelishi kuzatilgan.

Foto: FVV axborot xizmati

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqibatida 4 xonadon qisman zarar ko‘rgan.

Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi.

O‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolindi.