Joriy yilning 12-may kuni soat 19:00 larda Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Qalando‘rman qishlog‘i hududidan o‘tgan ichki 4K-928 avtomobil’ yo‘lining 3-km.da, haydovchi 1998 y.t. A.S. “Matiz” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshkarayotib, yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan 2008 y.t. Z.O‘. ushlab ketayotgan qo‘lidan chiqib ketib, yo‘lga yugurib chiqishi oqibatida piyoda 2016 y.t. M.J.ni urib yuborgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada, piyoda voyaga yetmagan 4 yoshli M.J. olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangibozor tumani IIB TG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar aholi yashash joylarida transport vositasi tezligini me’yoridan oshirmasligingizni, piyoda va velosipedchilarga e’tiborli bo‘lishingizni, piyodalar esa belgilanmagan joylarda harakatlanmasligingizni so‘rab qolamiz, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.