2020 yil 13-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2568 nafarni tashkil qilmoqda.

Foto: Dunyo

Yangidan kasallanish holatlarining 15 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 6 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ayni paytda mamlakatimizda davolanayotgan 518 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, hozirgi vaqtga kelib yurtimizda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni 2040 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan edi.