‘Sardoba” suv omboridagi favqulodda holat natijasida 4 ta elektr podstansiyasi, 106 ta tranformator punkti, 6269 ta elektr ustunlari, 345 km elektr simlariga to‘liq va qisman zarar yetishi va natijada 12 ta aholi punktlarining elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan edi.

Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

Mazkur avariyaviy holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati boshchiligida Shtab va ishchi guruhlar tuzilib, tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, bugungi kunga qadar shikastlangan 2 dona podstansiya, 82 dona transformator punkti va 262,3 km elektr uzatish tarmoqlarida (4768 ta elektr ustunlar) ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilib, to‘liq ishga tushirildi.

Shuningdek, suv toshqini natijasida talofat ko‘rgan 12 ta aholi punktida elektr uskunalariga talofat yetgan bo‘lsa, bugungi kunda 10 ta aholi punkti barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi.

Ishlar reja asosida davom ettirilmoqda, deyiladi Energetika vazirligi axborot xizmati xabarida.