Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Raxmanqulov, Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri hamda shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdilar.

O‘zaro muloqot davomida yaponiyalik mutaxassislar Munisipal infratuzilmaning fazoviy ma’lumotlar bazasini (MIFMB) tashkil qilish taklifini bildirdilar. Ushbu infratuzilma yo‘llar boshqaruvi, suv ta’minoti va oqava suv yo‘nalishi, shaharni rejalashtirish kabi qator tizimlarni birlashtiradi.

MIFMB loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, yaponiyalik mutaxassilar o‘zlarida bu yo‘nalishda qilingan ishlar natijalariga to‘xtalib o‘tdilar va loyihaning istiqbollari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.