AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi koronavirus “mamlakat tarixidagi eng katta falokat” ekanligini aytdi. Bu haqda “Lenta” yozmoqda.

Foto: DW

Uning eslashicha, 80 mingdan ortiq amerikalik halok bo’lgan, 1,4 millionga yaqini esa kasallikni yuqtirgan. Bundan tashqari, 33 million fuqaro ishsizlik nafaqasini olish uchun murojaat qilgan.

Spikerning ta’kidlashicha, demokratlar tomonidan taklif etilgan uch trillion dollarlik yordam paketi asosan iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash uchun avvalgi to’rtta qonun loyihalariga asoslangan edi.

U, shuningdek, iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash uchun uch trillion dollar ajratilganligini va Federal Rezerv bizneslarga qarz berishda davom etayotganini hisobga olib, juda katta miqdordagi pulni sarflash zarurligiga shubha bilan qaragan respublikachilarni tanqid qilgan. “Ba’zilar: tanaffus qilaylik demoqda. Ammo ko’p oilalar aziyat chekmoqda”, – dedi Pelosi.

Vakillar palatasi yangi qonun loyihasi bo’yicha 15-may ovoz berishi kutilmoqda. Biroq Senat rahbari Mitch Makkonell qonun loyihasi yuzasidan shubha bildirar ekan, unga “tor fikrli” hujjat kerakligini aytgan.

5-may kuni AQSh moliya vazirligi joriy chorak davomida koronavirus xarajatlarini qoplash uchun deyarli uch trillion dollar qarz olishi haqida xabar berilgan0. Bu 2008-yildagi moliyaviy inqiroz avjiga chiqqan paytdagi kreditlar hajmidan besh baravar ko’pdir. Bundan tashqari, 30-sentabrgacha departament yana 3,7 trln dollarlik davlat zayomlarini chiqarishi mumkin, deyiladi xabarda.