Iordaniya koronavirusga qarshi kurashni hali infeksiya mamlakatga kirib kelmasidan avval boshlagan edi. Bu haqda deputat Ibrohim Baddur ma’lum qildi.

Foto: TRT

Uning ta’kidlashicha, hali mamlakat ichida virus aniqlanmay turib karantin holati joriy etilgan. Chetdan kirib kelayotganlar esa darhol ikki haftalik karantinga joylashtirilgan. Barcha jamoat joylari — maktablar va masjidlar yopilgan.

Ushbu chora-tadbirlar yetarli natija berdi. Iordaniyada bor-yo‘g‘i 576 kishida virus aniqlandi va ayni vaqtga kelib ulardan 390 nafari tuzalib ketgan bo‘lsa, 9 bemor vafot etgan.

Shunga qaramay Ibrohim Baddur mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanishidan xavotirda. Chunki aholida hali kasallikka qarshi immunitet shakllanmagan.