AQSh prezidenti Donald Tramp federal pensiya jamg’armalarini Xitoy kompaniyalaridan aksiyalar sotib olishni taqiqlashni boshladi. Oq uy koronavirus pandemiyasining aybdori deb hisoblagan Xitoyni jazolash usullaridan biri bo’lishi mumkin, deya xabar beradi “Fox Business” ma’muriyat ichki hujjatlariga tayanib.

Foto: Google

Mehnat kotibi Yudjini Skalia Tramp milliy xavfsizlik bo’yicha yordamchisi Robert Brayen va Milliy iqtisodiy kengash rahbari Lourens Kadlov tomonidan imzolangan maktubni olgan, unda ular “Thrift Savings Plan” jamg’armasi uchun Xitoyga sarmoya kiritishni taqiqlashga aniq ishora qilishgan. Hozirda tashkilotning aktivlari to’rt milliard dollarni tashkil etadi.

Shu bilan birga, xat matni bu ko’rsatmalar to’g’ridan-to’g’ri Xitoyning koronavirus pandemiyasi davrida qilgan harakatlariga bevosita aloqadorligini ta’kidlaydi, deyiladi xabarda.

O’z navbatida Skalia, “Thrift Savings Plan”ining rahbari Maykl Kennediga ko’rsatmalar berib, sarmoyalarni cheklash tashabbusi to’g’ridan-to’g’ri Trampdan kelayotganini aytgan. Kennedi bugun, 13-may kuni qabul qilingan qarorlar to’g’risida hisobot berishi kutilmoqda.

Avvaldan AQSh Xitoyni koronavirus uchun jazolash istagi Pekinni g’azablantirgani ma’lum edi, shuning uchun mamlakat rahbariyati mojaroni yanada kuchaytirishga va hatto savdo kelishuvining birinchi bosqichini buzishga tayyorligi aytiladi xabarda. Rasmiy ravishda, Tramp bu ma’lumotni hali tasdiqlamagan, ammo yangi majburiyatlarning joriy etilishini yoki hatto qarz majburiyatlarining bir qismidan voz kechishni istisno qilinmagan.