Braziliya hukumati Amazoniya oʻrmonlari hududiga uchta doimiy harbiy bazani joylashtirdi. Bundan koʻzlangan maqsad Qurolli kuchlar ekologik jinoyatchilik va noqonuniy iqtisodiy faoliyatni toʻxtatish boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtiriladi. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Antoniu Gamilton Mourau maʼlum qildi.

Foto: Xalq so’zi

“Harbiy bazalar Rondoniya, Matu-Grosu va Para shtatlaridagi 20 ta ustuvor hududga joylashtirildi. Umid qilamizki, bu oʻrmonni qasddan quritish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu nafaqat Braziliya xalqi, balki butun dunyo hamjamiyati oldidagi majburiyatimizdir”, – deydi Maurau.

Maʼlumot oʻrnida, may oyi boshida “Globo” gazetasi Braziliya atrof-muhitni himoya qilish instituti maʼlumotlariga asoslanib, Amazoniyada oʻrmonlarning maydoni rekord darajada qisqargani haqida xabar bergan edi. Xususan, 2018-yilda 8,5 ming, 2019-yilda 10,5 ming gektar gektar oʻrmon yoʻq qilingan.