Toshkentda o‘z onasining zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganlikda gumonlanuvchi erkak qo‘lga olindi.

Foto: Google

Hodisa 9-may kuni taxminan soat 13:00 da Chilonzor tumanida ro‘y bergan. 36 yoshli Yevgeniy A. 59 yoshli onasi Irina A. uydan chiqqanidan foydalanib, yotoqxonasidan narxi 80,000 000 so‘m bo‘lgan 15 ta turli xil taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan. Tez oradan Yevgeniy qo‘lga olindi.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.