2020-yilning 9-may kuni soat 16:00 da Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida bozorda joy talashib qolgan shaxslar o‘rtasida pichoqbozlik bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Google

22 yoshli S.Sh. Sho‘rchi tumani “Elbayon” mahallasi hududida joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan do‘kon hududida go‘sht mahsuloti sotayotgan vaqtida yoniga o‘ziga ilgaridan tanish bo‘lgan, ushbu joyda go‘sht mahsuloti sotish bilan shug‘ullanuvchi, 18 yoshli J.I. keladi. Ular o‘rtasida go‘sht sotish uchun mo‘ljallangan joy uchun janjal kelib chiqadi. Natijada S.Sh. qo‘lida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan, J.I.ga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan fuqaro S.Sh.ga nisbatan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi ‘ye” bandi (kasddan badanga og‘ir tan jarohatlari yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.Sh., ga nisbatan tegishli modda bilan ayblov e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.