Prezident 2020–2025-yillarda O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasiga doir Farmonni imzoladi.

Foto: Google

Unga ko‘ra:

  • Davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari hissasi hozirgi 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshiriladi. Ya’ni, xususiy moliya muassasalari ko‘payadi.
  • 2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga xorijiy investorlar jalb qilinadi.
  • “Ipoteka-bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki, “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” va “Turonbank”dagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.
  • “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki”, “Agrobank” va “Mikrokreditbank” ustav kapitallarida davlat ulushi saqlab qolinadi.

Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.