“Bluestone Investitsiya Banki” O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar oldi, deb xabar beradi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.

Foto: Google

Agentlik Amerikaning Bluestone Financial Group Inc. moliyaviy kompaniyasiga investitsiya vositachisi, investitsiya bo‘yicha maslahatchi va investitsiya aktivlari bo‘yicha ishonchli shaxsning xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradigan litsenziyalarni taqdim etdi. Ushbu litsenziyalar Bluestone’ni O‘zbekistondagi to‘liq boshqariladigan investitsiya bankiga aylantiradi.

Bank savdo, qarz kapitali bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, qo‘shilish va sotib olish, xususiylashtirish, qayta tuzish va kapitalizatsiya operatsiyalariga ixtisoslashgan. 

Asosiy tarmoqlari iste’molchilar, neft va gaz, sanoat, metallurgiya, moliyaviy institutlar, telekommunikatsiya, qayta tiklanadigan energiya, infratuzilma va transportdir.

Bankning Nyu-York va Toshkentda vakolatxonalari mavjud. Kompaniyaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston so‘nggi yillarda mamlakat iqtisodiyotining faol rivojlanishi, shu qatorda davlat korxonalarini xususiylashtirish tendensiyasi va xorijiy investitsiyalarga ochiqligi tufayli tanlandi.