Nursulton Nazarboyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan Ikkinchi Jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tabrik telegrammasi keldi, deb xabar beradi “Elbasy KZ”.

Foto: Sputnik

“Ushbu muqaddas kun – butun insoniyatni fashizmdan qutqarish uchun jasorat bilan jang qilgan va front ortida mashaqqatli mehnat qilgan otalarimiz va bobolarimizning qahramonliklarini sharaflaydigan bayram.

Aziz faxriylarimizga chuqur hurmatimizni izhor etish orqali biz dahshatli urush yillaridagi ularning o‘chmas qahramonligini, jasorati va yurttga sadoqatini ulug‘lab, xotirlaymiz.

Yillar o‘tishi bilan Buyuk G‘alabaning ahamiyati yanada ravshanlashmoqda va bugungi kunda keksa avlod vakillariga mamlakatlarimizdagi tinchlik va osoyishtalik uchun minnatdorlik tuyg‘usi kuchayib bormoqda”, – deyiladi telegrammada.