Foto: Sputnik

Shuningdek, 19-fevral kuni Volgograd viloyati Ilovlya tumanida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida birida Oʻzbekiston fuqarosi SH.J. halok boʻlganligi aytiladi xabarda.

“Mazkur fojiali vaziyatlar Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan. Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilinmoqda”, – deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiradi hamda Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dogʻiston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol oʻlkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar oʻlkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati) hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarurat tugʻilgan holatlarda Rostov-Don shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtadi:

+7-863-285-50-57