SARS-CoV-2 koronavirusi turli yuzalarda bir necha soatdan bir necha kungacha yashashi mumkin, dedi Jenevadagi brifingda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti rasmiy vakili Margaret Xarris.

Foto: The sun

“Bu borada juda ko‘p tadqiqotlar olib borilmoqda. Bizda virus yuzalarda uzoq vaqt yashashi mumkinligi haqida muhim ma’lumot bor. Bir necha soatdan bir necha kungacha. Shunday ekan, yonidan doimo odamlar o‘tadigan yuzalar zararli bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Aynan shuning uchun ham biz qo‘lni yuvish kerakligini tinmay gapiramiz”, — dedi u.

Xarrisning so‘zlariga ko‘ra, dezinfeksiya nihoyatda muhim omil sanaladi. Farroshlar va axlat tashuvchilar esa infeksiya tarqalishiga qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi.