Tojikistonda 12-may kuni koronavirus bilan kasallanganlar soni 729 kishiga yetdi. Shuningdek, kun davomida mamlakatda 68 ta yangi COVID-19 kasalligi qayd etildi.

Foto: Aziya-Plyus

Tojikiston Sog’liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, kasallikdan o’lim soni 23 taga yetgan.

Sog’liqni saqlash vazirligi mamlakatning barcha aholisini yangi COVID-19 koronavirusining tarqalishining oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi va shu bilan birga, agar kasallik belgilari paydo bo’lsa, darhol o’z hududlarida oilaviy shifokor bilan maslahatlashishini so’radi.

“Sog’liqni saqlash vazirligiga yetib borguncha ma’lumot bir necha darajada o’tadi. Vaziyat juda tez o’zgarmoqda, statistik ma’lumotlar kechiktirilishi mumkin”, – deyiladi xabarda.

Mamlakatda 30-aprel kuni birinchi infeksiya 15 kishida qayd etilgan edi.