Ertaga, 13 may kuni soat 06:00 dan boshlab Samarqand shahri hududida karantin qoidalari kuchaytirilishi haqida xabar berilgan edi.

Foto: Xalq so’zi

Shahar hududiga kirishda o‘rnatilgan barcha to‘siq postlar yanada kuchaytirilgan tartibda xizmat olib boradi.

Reyd tadbirlarini kuchaytiramiz toki, viloyatimiz koronavirusdan xoli “yashil” hududga kirguncha ko‘chada bemaqsad, ruxsatnomasiz yurgan barcha transport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yiladi. Shuningdek, besabab ko‘chada yurgan fuqarolar IIB binosiga olib kelinib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.

Kunduzgi va tungi reydlar shaharning har bir hududida olib boriladi.

Matbuot kotibi sifatida aytaman, har bir karantin qoidasini buzgan shaxslarni televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilikka ko‘rsatib, yoritib boramiz.

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Jahongir Sagdullayevning ta’kidlashicha, bundan maqsad – xalqimiz tinchligi va salomatligini ta’minlash.