Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Toshkent viloyatida joriy yilning 9-may kuni soat 06:30 da, Qashqadaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turib, vaqtincha Zangiota tumanida yashab kelayotgan 36 yoshli B.R., Zangiota tumani Obod maskan ko‘chasida qurilishi tugallanmagan xonadon darvozaxonasida turgan 61 yoshli R.M., ning “Spark” rusumli avtomashinasini kaliti o‘t oldirish joyida tiqilgan holatda qarovsiz qoldirilganlgidan ketilganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, B.R., olib qochgan avtomashinani Nazarbek qo‘rg‘oni hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi Tergov departamenti axborot xizmati xabarida.