Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: RBC

“Ha, men kasalman, davolanmoqdaman”, – dedi u.

Peskov yuqori lavozimli amaldorlar orasida koronavirus virusini yuqtirgan to’rtinchi bo’ldi. Birinchisi, Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin, keyin Qurilish vazirligi Vladimir Yakushev va Madaniyat vaziri Olga Lyubimova infeksiya yuqtirib olishgani haqida xabar berishgan.

Rossiyada hozirga kelib koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 232, 243 ta holat qayd etilgan.